Размер шрифта: A A A
Изображения Выключить Включить
Цвет сайта Ц Ц Ц
обычная версия сайта
Mobil versiya

«O'zeltexsanoat»

aksiyadorlik kompaniyasi

“O‘zeltexsanoat” AK kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi



“O‘zeltexsanoat” aksionerlik kompaniyasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Kompaniya tarkibidagi korxona rahbarlari va kompaniya ijro apparati xodimlari ishtirok etgan tadbirda kompaniyaning 2016 yilgi faoliyat yakunlari 2017 yil rejalari atroflicha muhokama qilindi.

Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining qaroriga muvofiq  Fazliddin Xayriyevich Bakiyev “O‘zeltexsanoat” aksionerlik kompaniyasi boshqaruvining raisi etib tayinlandi. F.Bakiyev ushbu lavozimga tayinlangunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar va xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamentining mudiri lavozimida ishlagan.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari  U.Rozukulov ishtirok etdi.

Axborot xizmati

 

Распечатать Просмотров: 386 13 Фев 2017