Размер шрифта: A A A
Изображения Выключить Включить
Цвет сайта Ц Ц Ц
обычная версия сайта
Mobil versiya

«O'zeltexsanoat» uyushmasi

Muhim sanalar


1990 yil 26 oktyabr - “Radioelektrontexasbob” O‘zbekiston radioelektronika, elektrotexnika va asbobsozlik sanoati konserni tashkil etildi.

1994 yil 17 mart - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 144-son qarori “Radioelektrontexasbob” O‘zbekiston radioelektronika, elektrotexnika va asbobsozlik sanoati konserni “O‘zeltexprom” uyushmasi etib qayta tashkil etildi.

2004 yil 30 aprel -  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston radioelektronika, elektrotexnika va asbobsozlik sanoati korxonalari uyushmasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 205-son Qarori bilan uyushma “O’zeltexsanoat” uyushmasining yangi tashkiliy tuzilmasi shakllantirildi va uning asosiy faoliyati yo‘nalishlari belgilandi.

2014 yil 6 fevral -  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2014-2018 yillarda respublika elektrotexnika sanoatini boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish va yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2123-son qaroriga muvofiq “O’zeltexsanoat” uyushmasi “O‘zeltexsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi etib qayta tashkil etildi.

2015 yil 21 dekabr - O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasining 8-son bayoniga asosan “O’zeltexsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi strukturasi qayta shakllantirildi.

2017 yil 13 fevral - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda respublika elektrotexnika sanoatini jadal rivojlantirish va diversifikatsiya qilish va boshqaruvini ishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2772-son qaroriga muvofiq “O’zeltexsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi strukturasi qayta shakllantirildi va tegishli funksiyalarni bajarish belgilandi.

2019 yil 4 yanvar - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektrotexnika sanoatining eksport salohiyatini yanada rivojlantirish va oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-4090-son qaroriga muvofiq “O’zeltexsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi "O'zeltexsanoat" uyushmasiga aylantirildi, tegishli funksiyalarni bajarish belgilandi hamda strukturasi qayta shakllantirildi.

Распечатать Просмотров: 3593 18 Фев 2019