Размер шрифта: A A A
Изображения Выключить Включить
Цвет сайта Ц Ц Ц
обычная версия сайта
Mobil versiya

«O'zeltexsanoat»

aksiyadorlik kompaniyasi

"ELXOLDING" IIB MCHJ


“ELXOLDING” Ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi 1988 yilda tuzilgan va 1997 yildan boshlab o‘quv-laboratoriya uskunalari, fizika, ximiya, biologiya, astronomiya kabinetlari uchun ko‘rgazmali qurollar, matematika, chizmachilik, ona tili va chet tillari, shuningdek boshqa maxsus fanlar bo‘yicha ko‘rgazmali qurollar ishlab chiqarish va yetkazib berishga ixtisoslashgan.

Hozirgi kunga kelib “ELXOLDING” IIB xodimlari soni 500 nafardan oshib ketdi. Ulardan 3 nafari fan doktori, 1 nafari akademik, 9 nafari fan nomzodi va 222 nafari bakalavr va magistrdir.

Hozirgi kunda “ELXOLDING” IIB O‘zbekistonda o‘quv muassasalari uchun o‘quv uskunalari va materiallarini yetakchi ishlab chiqaruvchisi va yetkazib beruvchisi hisoblanadi.

Kompaniya oxirgi 11 yil mobaynida o‘quv mahsulotlarini o‘rta maxsus o‘quv muassasalari va umumta’lim maktablariga yetkazib berishni muvaffaqiyat bilan amalga oshirmoqda, shuningdek Rossiya, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Latviya va Turkmanistonga eksport qilmoqda.

Mototsikllarning ikkita – fermer xo‘jaliklari uchun uch g‘ildirakli yuk tashish, aholi uchun ikki g‘ildirakli modifikatsiyasini ishlab chiqarish faoliyatning yangi yo‘nalishi hisoblanadi. 2008 yilda 6000 mototsikllar ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Yillar mobaynida o‘quv uskunalari ishlab chiqarish sohasida yetkazib berilayotgan mahsuloning nomenklaturasi anchagina kengaydi. Hozirgi kunda korxona Respublikadagi o‘quv muassasalariga 650 nomda uskuna va ashyolar: ximreaktiv komplektlari, elektr uskunalar, o‘lchov priborlari, shisha va plastmassadan yasalgan laboratoriya idishlari, namoyish qiluvchi va laboratoriya priborlari, proyeksiya qo‘llanmasi, tabiiy obyektlardan tayyorlangan ko‘rgazmali qurollar, o‘quv plakatlari va h.k.lar yetkazib beradi.

50 nomdagi pribor va qo‘llanmalar ishlab chiqilmoqda va tayyorlanmoqda. Shu bilan birga import qilinadigan mamlakatlardagi o‘quv jarayoni talablariga muvofiq maxsus eksport uchun mo‘ljallangan o‘quv mahsulotlari ishlab chiqilmoqda.

2007 yilda kompaniya umumta’lim maktablariga 16 mlrd. so‘mlik o‘quv-laboratoriya uskunalarini yetkazib berish, 5 mlrd. so‘m summaga kollej va litseylarni jihozlash bo‘yicha shartnomalarni bajardi. 2007 yil mobaynida Rossiya, Qozog‘iston, Ozarbayjonga mahsulot yetkazib berish bo‘yicha 8 ta eksport shartnoma tuzilgan va uning doirasida 480,3 ming AQSH dollariga mahsulot sotilgan.

Uskunadan to‘g‘ri va oqilona foydalanish, uning sifatini yaxshilash maqsadida kompaniya mutaxassislari tomonidan o‘quv jarayonida uskunalarni qo‘llash bo‘yicha o‘qituvchilar bilan seminarlar va o‘quv treninglari o‘tkaziladi.

Oxirgi to‘rt yil mobaynida seminar-treninglar bilan 1161 maktab o‘qituvchilari, 4568 akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilari (quyidagi fanlar bo‘yicha: biologiya – 1959, fizika – 1858 va ximiya – 1912) qamrab olingan. Jami 2004-2007 yillarda 9700 nafar o‘qituvchilar o‘qitildi.

2008 yilda o‘quv jarayonida uskunalarni qo‘llash bo‘yicha umumta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining 6000 nafardan ortiq o‘qituvchilarini o‘qitish rejalashtirilmoqda.

Uskunaga sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish samarali yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu maqsadlarda Respublikaning barcha hududlarida uskunani joylarda o‘rnatish va ulashni amalga oshiradigan kompaniyaning vakolatxonalari tashkil etilgan.

2004 yilda “ELXOLDING” IIBda Yevropa Rekonstruksiya va rivojlantirish Bankining BAS dasturi ko‘magida ISO 9001:2000 sifat menedjmenti tizimi xalqaro standarti joriy etildi.

“ELXOLDING” IIB ilmiy uslubiy blokka ega bo‘lib, uning ishiga ta’lim kompyuterlashtirish, masofadan o‘qitish sohasidagi olimlar, yuqori malakali mutaxassislar jalb etilgan. Ishlab chiquvchi mutaxassislar guruhiga muhandis-texnologlar, konstruktorlar ham kiritilgan. Bu uchastka g‘oyadan tajriba namunasigacha qilinadigan ishlar majmuasini va tegishli organlarda muvofiqlik sertifikatini olish ishlarini amalga oshiradi.

2006 yilning martidan boshlab “FAN” NPO “ELXOLDING” firma magazini ishlamoqda, unda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning barcha assortimenti sotuvga qo‘yilgan.


Rahbar: Shururov Donsh Esaevich
Manzil: O‘zbekiston Respublikasi , 140134, Samarqand sh., Gagarina ko‘ch., 36
Telefon / Faks: (+998 66) 234-22-72, (+998 66) 234-30-58, (+998 66) 234-08-47, (+998 66) 234-25-13
E-mail: elxolding@el.uz
Sayt: http://www.el.uz/

 

Страница на стадии заполнения

Распечатать Просмотров: 446 18 Апр 2017