Размер шрифта: A A A
Изображения Выключить Включить
Цвет сайта Ц Ц Ц
обычная версия сайта
Mobil versiya

«O'zeltexsanoat»

aksiyadorlik kompaniyasi

"O‘zelektroapparat-Elektroshit" AJ


Korxona to‘g‘risida:

Korxona elektrotexnika mahsuloti chiqarish bo‘yicha boy tarixiy an’ana ega bo‘lib, “Sredazelektroapparat” Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasining sobiq bosh korxonasi negizida faoliyat ko‘rsatadi.

«Uzelektroapparat – Elektroshit» markasi ostidagi buyumlar turar joylar va ishlab chiqarish korpuslarda, kemalarda, suv osti kemalarida va samolyotlarda, neft-gaz quvurlari, temir yo‘l magistrallari, qishloq xo‘jaligida va gidrotexnik inshootlar, issiqlik, gidro va atom elektrostansiyalarda yaxshi xizmat qilmoqda.

Zavodning tarixi Ulug‘ Vatan urushining og‘ir vaqtlaridan, “Elektrostanok” zavodi Xarkovdan Toshkentga 1941 yilning kuzida evakuatsiya qilingan paytdan boshlanadi. Zavod ishchilarining qahramonnona harakatlari tufayli 1942 yilning boshidayoq zavod mahsuloti muvaffaqiyat bilan frontga jo‘natila boshlandi.

1946 yilda SSSR Ministrlar Sovetining farmoyishiga asosan ikkita zavod – “Elektrostanok” va “Tokov visokoy chastoti” birlashtirildi. Birlashtirilgan korxona SSSR Elektrotexnika sanoati Ministrligi “Toshkent elektrtexnika zavodi” (TEZ) nomini oldi.

1988 yilda bosh korxonasi “Toshkent elektrotexnika zavodi” hisoblangan birlashma “Sredazelektroapparat” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasiga aylantirildi.

2000 yilda “Toshkent elektortexnika zavodi” negizida xorijiy invistitsiyaga ega ikkita qo‘shma korxona tuzildi: “Tashelektroapparat” QK va ” Uzelektroapparat” OAJ QK.

2006 yilda “Tashelektroapparat” QK va ” Uzelektroapparat” OAJ QK “Uzelektroapparat – Elektroshit” OAJ QK nomi bilan “Gruppa kompaniy «Elektroshit» – TM Samara” tarkibiga kirdi.

Hozirgi kunda korxonada 700 dan ortiq ishchi ishlaydi. Mutaxassislarning yuqori malakasi va tajribasi qisqa muddatlarda yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi. Korxona nafaqat Siz buyurtirgan elektrotexnik uskunani ishlab chiqarish, balki loyihalarning elektrotexnik qismini loyihalash, ishlab chiqarilgan uskunani ishga tushirish-sozlash bo‘yicha o‘z xizmatlarini taklif qiladi.

Korxonada metallga ishlov beruvchi zamonaviy “FINN POWER” (Finlyandiya) stanoklari, “HAAS” (AQSH) ishlov beruvchi kompleksi, “Tristan” (Rossiya Federatsiyasi) va TAISS» (Italiya) kukunli bo‘yash liniyasi “GALVOUR” (Shvetsiya) rux asosida qoplpama berish galvanik liniyalar o‘rnatilgan.

“Uzelektroapparat – Elektroshit” OAJ QK faoliyatining mavzusi turli-tuman elektrotexnika mahsulotlarini chiqarishdan iborat:

  • 6(10), 35, 110kV kuchlanishli o‘rta voltli va yuqori voltli komplekt qurilmalarni;
  • Konlar uchun yuqori voltli uskunalarni;
  • Naysimon quvurlarning katod himoyalovchi qurilmalari;
  • 25 dan 2500 kVAgacha quvvatga ega komplekt transformator kichik stansiyalarini;
  • Pastvoltli komplekt qurilmalarni;
  • Kondensator qurilmalarini;
  • Past voltli apparatura va elektr montaj buyumlarini;
  • Turli-tuman xalq iste’moli tovarlarini;
  • Shu bilan birga galvanik qoplash bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish.

Bosh direktor: Royuk Vladimir Petrovich
Manzili: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Tolimarjon ko‘ch., 1 (oldingi Fetisov)
Telefon: (+998-71) 291-44-11, 291-77-07, 291-35-33
Faks: (+998-71) 291-76-94, 291-26-35
Sayt: http://www.tashelektro.com/
Распечатать Просмотров: 287 18 Апр 2017