Размер шрифта: A A A
Изображения Выключить Включить
Цвет сайта Ц Ц Ц
обычная версия сайта
Mobil versiya

«O'zeltexsanoat»

aksiyadorlik kompaniyasi

"Chirchiq transformator zavodi" AJ QK


Korxona to‘g‘risida:

1942 yilda O‘zbekiston Respublikasi Toshkent viloyatining Chirchiq shahriga Leningrad shahridan “Elektropult” zavodining uskunalari va xodimlari evakuatsiya qilindi, ularning negizida “Chirchikstroy” elektromexanika ustaxona trestlari tuzildi. Urush davrining og‘ir damlarida keltirilgan barcha uskunalar qisqa muddatda o‘rnatildi va ishga tushirildi, korxona front va xalq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun buyurtmalarni bajarishga kirishdi.

1942 yilda zavodga “Elektroshit”nomi berildi.

1962 yil 12 aprel kuni zavodning nomi Chirchiq transformator zavodi nomiga o‘zgartirildi.

1995 yilda O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin zavodning nomi “Transformator” OTAJga o‘zgartirildi.

2001 yilda aksiyadorlar yig‘ilishining qarori bilan korxona “Transformator” OAJga o‘zgartirildi.

2004 yilda davlat aksiyalari paketi sotildi va ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklidagi xorijiy kapitali bo‘lgan qo‘shma korxonaga aylantirildi hamda Chirchiq transformator zavodi nomi qayta berildi.

Bugungi kunda Chirchiq transformator zavodi O‘zbekiston Respublikasi, Markaziy Osiyo va MDH elektrotexnika sanoatining yetakchi korxonasi hisoblanadi.

“Chirchiq transformator zavodi” AJ QK mutaxassislarining malakasi, uning texnologik va ishlab chiqarish imkoniyatlari buyurtmachining ham konstruksiyaga, ham iqlim jihatdan yasalishiga qo‘yiladigan istalgan maxsus talablari bajarilishini ta’minlash imkonini beradi. Yakka tartibdagi buyurtma bo‘yicha zavod Afrika va Yevrosiyo kontinentlari davlatlarida qo‘llaniladigan standartlar bo‘yicha 11,20 va 63 kV kuchlanish klassidagi mahsulotni tayyorlash imkoniyatlariga ega.

“Chirchiq transformator zavodi” AJ QK mahsuloti elektr energiyasini taqsimlash tizimlarida, neft, gaz, ko‘mir, kon qazish, metallurgiya sanoati tarmoqlarida, qishloq xo‘jaligida va temir yo‘l transportida aniq ishlamoqda.

2007 yildan boshlab sexlarni qayta rejalashtirish, eng yangi texnologik uskunalar sotib olish, montaj qilish va ishga tushirish, KTP ishlab chiqarish bo‘yicha yangi sex qurish va ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha qator chora-tadbirlarni nazarda tutadigan ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish kompleks dasturini amalga oshirishga kirishdi.

Oxirgi 30 yil mobaynida korxona mahsuloti jahonning 20 dan ortiq davlatlariga: Hindiston, Pokiston, Afg‘oniston, Xitoy, Mongoliya, Misr, Siriya, Liviya, Livan, Iroq, Eron, Turkiya, Vyetnam, Laos, Bangladesh, Koreya, Marokash, Kuba, Boliviya, Gretsiya, Bolgariya, Polsha, Yugoslaviyaga yetkazib berildi. Kompaniya o‘z mahsulotini yetkazib berish chog‘ida buyurtmachining talabiga ko‘ra mahsulotga servis xizmat ko‘rsatish, butlovchi qismlarni yetkazib berish hamda xizmat ko‘rsatuvchi va ta’mirlovchi xodimlarni o‘qitish bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi.


СВЕДЕНИЕ О ПРЕДПРИЯТИЕ

 

 

Показатель

 

 

1

Наименования предприятия

АО «CHIRCHIQ TRANSFORMATOR ZAVODI»

3

Ф.И.О. руководителя

Шукуров Шерзод Баходирович

4

Описание задач и функций  компании

Производство электротехнического оборудования

8

Адрес

111713, Республика Узбекистан, Ташкентскакя обл,

г. Чирчик, пл.Электромашиностроителей 1.

9

Телефон

+998707130167

10

Факс

+998707130162

11

Веб-сайт.

chtz.uz

13

Электронная почта

i_baklickiy@chtz.uz

 

 

Распечатать Просмотров: 855 20 Дек 2016