Размер шрифта: A A A
Изображения Выключить Включить
Цвет сайта Ц Ц Ц
обычная версия сайта
Mobil versiya

«O'zeltexsanoat»

aksiyadorlik kompaniyasi

"Doyche Kabel AG Tashkent" MCHJ QK


Korxona to‘g‘risida:

dkg-1

“Deutsche Kabel AG Tashkent” (OAJ QK DKG) Ochiq aksiyadorlik jamiyati boy tarixga ega, u Toshkent ilmiy ishlab chiqarish birlashmasining (ToshITKI)ning huquqiy vorisi bo‘lib, uning asosiy faoliyati maxsus buyumlarni ishlab chiqish va ishlab chiqarishga joriy etishdan iborat edi.

dkg-2

Korxonaning tarixi 1949 yilda boshlangan, SSSR hukumatining qarori bilan yer qa’rini tadqiqot etish uchun yuk tashuvchi geofizik kabellarni va neft qazib olish sanoati uchun kabellarni ishlab chiqish va ishlab chiqarishni o‘zlashtirish maqsadida Toshkentda kabel sanoatining BITI Toshkent bo‘linmasi (KS BITI TB) tashkil etildi. 50-yillarda KS BITI TB jamoasi tomonidan geofizik tadqiqotlar uchun qator kabellar, jumladan 5000 metrgacha chuqurlikda ishlash uchun mo‘ljallangan ikki qavat zirxi yumaloq po‘lat simdan ishlangan rezina va plastmassa izolatsiyali yuk tashuvchi geofizik kabellar ishlab chiqildi va seriyali ishlab chiqarishga joriy etildi.

Oltmishinchi yillar boshida cho‘ktiriladigan neft nasoslari elektrodvigatellarini elektr ta’minoti uchun avval rezinali, keyinroq polietilen izolatsiyali rux bilan qoplangan po‘lat lenta bilan zirxlangan yumaloq (YUZPK) va yassi (YAZPK) kabellar ishlab chiqildi va ishlab chiqarishga keng joriy etildi.

1964 yili KS BITI TB mustaqil korxonaga – Toshkent ilmiy-tadqiqot, loyiha konstruktorlik va kabel sanoati texnologiya instituti (ToshITKI ) ga – aylantirildi.

Institut oldiga yangi vazifalar qo‘yidi: SSSR Mudofaa vazirligi, Kemasozlik vazirligi, va Harbiy dengiz floti uchun maxsus buyumlar ishlab chiqish va ishlab chiqarishni tashkil qilish. Ushbu masalalarni hal etish uchun 1964-1965 yillarda institutning yangi muhandislik laboratoriya korpusi va institutning ishlanmalari bo‘yicha maxsus kabel mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun zavod qurildi. Institut va zavod qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan eng yangi uskunalar bilan jihozlangan edi.

1965 yildan 2000 yillargacha bo‘lgan davrda jahon okeanini gidroakustik tadqiq etish uchun shatakka olinadigan kabel tizimlarining o‘zaro uyg‘un yuk tashuvchi kabellar, suv osti aloqa kabellari, suv usti va suv osti kemalarining ichki montaji uchun turli kabel va simlar ishlab chiqildi. Bu SHKT turdagi shatakka olinadigan kabel tizimlari ko‘p simli polietilen va ftoroplast izolatsiyali zanglamaydigan po‘latdan ishlangan ikkita qatlam yumaloq sim zirxga ega.

Buyumlarga ortib borayotgan ehtiyojni qondirish uchun 1980-1981 yillarda ba’zi turlari sobiq GDRda maxsus buyurtma bo‘yicha sanoqli nusxada ishlab chiqarilgan noyob uskunalar bilan jihozlangan zavodning ikkinchi ishlab chiqarish korpusi qurildi.

Saksoninchi yillarda korxonada 8 000 – 10 000 metr qurilish uzunligiga ega polietilen izolatsiyali rux bilan qoplangan po‘lat simli koaksial yuk tashuvchi kabellar ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. Bu kabellar jahon okeanining chuqur suv osti, xususan Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot kemalari tadqiqotlari uchun mo‘ljallangan.

1999 yili korxona O‘zbekiston-Germaniya qo‘shma korxonasiga o‘zgartirildi, “Deutsche Kabel AG Tashkent” Ochiq aksiyadorlik jamiyati mavqeini oldi hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 13.05.1999 y. 003041 raqam ostida ro‘yxatga olingan.

2005 yili korxonada po‘lat sim va undan yasalgan turli buyumlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.


 

Rahbar: Adjay Chopra
Manzili: O‘zbekiston, Toshkent sh., J. Abidova ko‘ch., 276
Telefon: +998 71 129 88 88, 262 72 62, 262 02 23
Faks: +998 71 129 88 89, 262 72 72
E-mail: info@dkg-ag.de
Sayt: http://www.dkg-ag.de
Распечатать Просмотров: 735 18 Апр 2017