Размер шрифта: A A A
Изображения Выключить Включить
Цвет сайта Ц Ц Ц
обычная версия сайта
Mobil versiya

«O'zeltexsanoat»

aksiyadorlik kompaniyasi

“Foton” AJ


Korxona to‘g‘risida:

Zavod 1941 yilda Moskva oblastining Fryazino sh. Elektrovakuum priborlar zavodi negizida barpo etildi. 1942 yildan boshlab Toshkent shahrida mahsulot – elektron generatorli va kuchaytiruvchi lampalar chiqara boshladi. 1965 yilda korxona texnologiyasi yarimo‘tkazgich priborlar va integral sxemalar ishlab chiqarishga to‘liq qayta ixtisoslashtirildi. 1994 yildan boshlab oldingi ixtisoslikni saqlagan holda ishlab chiqarishni elektron va radioelektron buyumlar chiqarishni yakunlangan tayyorlash sikli bilan qayta yo‘naltirish amalga oshirildi. Bunda elektron nazorat kassa mashinalari, oq-qora, rangli televizorlar, energiya tejaydigan lampalar, diod-kaskad transformatorlar (TDKS) ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. 1995 yilning dekabrida korxona Aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi.

“Foton” aksiyadorlik jamiyati (AJ) faoliyatining asosiy sohasi: radioelektron apparatura uchun elektron texnika buyumlari ishlab chiqarishni, radioelektronika asosida turli buyumlari ishlab chiqarishni o‘zlashtirish.

“Foton” AJning ishlab chiqarishi quyidagi yo‘nalishlarda ixtisoslashgan:

  • o‘rta va katta quvvatli diodlar;
  • yuqori voltli to‘g‘irlovchi ustunlar (diodlar);
  • yuqori chastotali kam shovqinli dala tranzistorlari;
  • ko‘priksimon diod to‘g‘irlagichlar;
  • kuchlanish ko‘paytirgichlar va SPLIT-transformatorlar;
  • integral mikrosxemalarni montaj qilish uchun korpuslar;
  • fiskal xotirali kassa apparalari;
  • maishiy apparaturani elektr energiya bilan ta’minlovchi adapterlar;
  • kichik o‘lchamli energiya tejaydigan lampalarni;
  • rangli televizion qabul qilgichlarni ishlab chiqarish;
  • quyosh energiyasini elektr energiyasiga o‘zgartirish uchun fotoelektr tizimlarini va suv isitish uchun quyosh kollektorlarini ishlab chiqarish.

“Foton” AJning quyidagi texnologiyalari yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan ixtisoslik faoliyat ko‘rsatishini va rivojlanishini ta’minlaydi:

  • Si mexanik ishlov berish texnologiyasi;
  • Si plastinalaridagi diffuzion texnologiya (diodlar va ustunlar uchun);
  • Si plastinalaridagi planar texnologiya (diodlar, dala tranzistorlari va boshqa chiplar uchun);
  • Si da yupqa metall qatlamlarini changitish va Si da yupqa dielektrik qatlamlarini olish texnologiyasi;
  • Avtomat va yarimavtomat uskunalardan foydalangan holda yarim o‘tkazgich priborlarni yig‘ish va sinash texnologiyasi;
  • yarimo‘tkazgichlarning parametrlarini boshqarish maqsadida ularga yadroviy fizik ta’sir etish texnologiyasi;
  • shishani metall bilan birikishini olish texnologiyasi (integral sxemalar korpuslari uchun).

Quyidagilar “Foton” AJni rivojlantirining istiqbolli yo‘nalishlari hisoblanadi:

  • Yarimo‘tkazgich priborlarni ishlab chiqarish hajmini ularni tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish hisobiga kengaytirish va ularni chiqarish uchun texnologik uskuna parkini modernizatsiya qilish;
  • Yuqori quvvatli quyosh fotoelektr stansiyalarini (FES) va suv isitish uchun quyosh kollektorlarini o‘zlashtirish va joriy qilish;
  • Energiya tejaydigan lyuminessent lampalarning yangi konstruktiv variantlarini ishlab chiqarishni joriy qilish va rivojlantirish.

СВЕДЕНИЕ О ПРЕДПРИЯТИЕ

 

 

Показатель

 

 

1

Наименования предприятия

Акционерное общество «FOTON»

3

Ф.И.О. руководителя

Сайдумаров Маъруф Абдукаримович

4

Описание задач и функций  компании

Разработка и производство изделий электронной техники для радиоэлектронной аппаратуры, производство изделий бытовой техники на основе радиоэлектроники, контрольно-кассовых машин и электронных весов.

8

Адрес

Узбекистан,100047 г.Ташкент , ул.Амира Темура, 13

9

Телефон

233-42-30

10

Факс

236-14-54

11

Веб-сайт.

www.oaofoton.uz

13

Электронная почта

foton@oaofoton.uz

 

 

Распечатать Просмотров: 1037 14 Май 2017