Размер шрифта: A A A
Изображения Выключить Включить
Цвет сайта Ц Ц Ц
обычная версия сайта
Mobil versiya

«O'zeltexsanoat»

aksiyadorlik kompaniyasi

"TashElectronics" MCHJ


Korxona to’g’risida:

Korxonaning asosiy faoliyati o’zi ishlab chiqarayotgan mahsulotlarga va ko’rsatayotgan xizmat turlariga davlat ehtiyojlarini qondirish orqali foyda olish, korxona va jamoa hodimlarini moddiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish.

Korxona o’z faoliyatini quyidagi yo’nalishlarda olib boradi:

  • ilmiy izlanishlar olib borish va natijalarni ishlab chiqarishda qo’llash;
  • “O’zeltexsanoat” AK tarkibiga kiruvchi korxonalar bilan birgalikda fan va texnika yangiliklarini ishlab chiqarishda qo’llanishida ishtirok etish;
  • “O’zeltexsanoat” AK tarkibiga kiruvchi korxonalarda ishlab chiqarish texnologiyalarining iqtisodiy foyda berishini takomillashtirish, modernizatsiyalash uchun ilmiy izlanishlar olib borish;
  • xalq xo’jaligining turli tarmoqlari ehtiyojlari uchun elektronika buyumlarini yaratish, ishlab chiqarish;
  • elektronika masalalari bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borish (shu jumladan tajribada va kichik miqdorda);
  • elektronika, elektrotexnika buyumlari ishlab chiqaruvchi korxonalarni ehtiyoji uchun yangi buyumlar, texnologiyalar yaratish;
  • radioelektronika, elektrotexnika va asbobsozlik sanoati mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi chet el korxonalari bilan iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish;
  • xalq xo’jaligini sanoat mahsulotlariga va xizmatlariga ehtiyojlarini mumkin qadar to’laroq qondirish uchun bu mahsulotlarni kichik miqdorda ishlab chiqarishni o’zlashtirish va keng ishlab chiqarishga tadbiq etish;
  • o’z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun mol ayirboshlash operatsiyalarini, mahsuloltlarni eksport va xom-ashyoni import qilish ishlarini amalga oshirish;
  • reklama va axborot faoliyatlarini o’tkazish;
  • ilmiy texnik yutuqlarni xalq xo’jaligiga tadbiq etish va o’zlashtirish;
  • qurilish va montaj ishlari;
  • ishga tushirish va sozlash;
  • pullik xizmat hamda vositachilik xizmatlarini ko’rsatish;
  • tashqi iqtisodiy faoliyat (eksport-import operatsiyalari);
  • savdo-sotiq va dilerlik xizmatlarini ko’rsatish;
  • investitsiya faoliyati;
  • firma do’konlari tizimini tuzish;
  • hayriya ishlari.

 


Rahbar:

Keldiev Husan Hudayberdievich

Manzil:

Toshkent sh, Glinka ko‘ch., 9, 100007

Telefon:

(+998 71) 255 68 40

Faks:

(+998 71) 255 22 57

E-mail:

micro_el@mail.ru

Sayt:

www.facebook.com/electronics.uz

 

Распечатать Просмотров: 631 14 Май 2017