Размер шрифта: A A A
Изображения Выключить Включить
Цвет сайта Ц Ц Ц
обычная версия сайта
Mobil versiya

«O'zeltexsanoat»

aksiyadorlik kompaniyasi

Kompaniya haqida


“O‘zeltexsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 21 yanvardagi “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 17 martdagi 144-son qarori hamda ta’sis majlisi qarori asosida “Radioelektrontexasbob” O‘zbekiston radioelektronika, elektrotexnika va asbobsozlik sanoati konserni “O‘zeltexsanoat” uyushmasi etib qayta tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xo‘jalik boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2003 yil 22 dekabrdagi 3366-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 30 apreldagi “O‘zbekiston radioelektronika, elektrotexnika va asbobsozlik sanoati korxonalari uyushmasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 205-son Qarori bilan kompaniyaning tashkiliy tuzilmasi tashkil etildi va uning asosiy faoliyati yo‘nalishlari belgilandi.

“O‘zeltexsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 6 fevraldagi “2014-2018 yillarda respublika elektrotexnika sanoatini boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish va yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2123-son qaroriga muvofiq “O‘zeltexsanoat” kompaniyasini qayta tashkil qilish tartibida tashkil etildi.

“O‘zeltexsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi “O‘zeltexsanoat” kompaniyasining huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy voris hisoblanadi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasining 2015 yil 21 dekabrdagi 8-son protokoliga asosan “O’zeltexsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi strukturasi qayta shakllantirildi.

2017 yil 13 fevral - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda respublika elektrotexnika sanoatini jadal rivojlantirish va diversifikatsiya qilish va boshqaruvini ishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2772-son qaroriga muvofiq “O’zeltexsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi strukturasi qayta shakllantirildi va tegishli funksiyalarni bajarish belgilandi.

Kompaniyaning faoliyat sohasi (asosiy yo‘nalishlari) va maqsadlari:

Quyidagilar kompaniya faoliyatining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari hisoblanadi:

– elektrotexnika tarmog‘i korxonalarining sifatli raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirishga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish va marketing faoliyatini muvofiqlashtirish, ichki va tashqi bozorlarda ishlab chiqariladigan mahsulotlarga bo‘lgan talablar kon’yunkturasini tubdan o‘rganishni tashkil qilish va shu asosda tarmoq korxonalarida yangi talabgor elektrotexnika mahsulotlari turlari va nomenklaturasini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishda yaqindan ko‘maklashish;

– tarmoq korxonalarida yangi yuqori samarali texnologiyalarni keng joriy etishni ko‘zda tutuvchi yagona texnik siyosat yuritish, sanoat kooperasiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar va buyumlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni yanada chuqurlashtirish;

– elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va modernizasiyalash bo‘yicha muhim investisiya loyihalarini amalga oshirishni ta’minlashga yo‘naltirilgan faol investisiyaviy siyosat yuritish, qo‘shma korxonalar tuzish uchun tarmoqqa taniqli jahon savdo markalari ostida murakkab maishiy elektrotexnika jihozlarini ishlab chiqaruvchi strategik xorijiy sarmoyadorlarni jalb etish;

– elektrotexnika tarmog‘i korxonalarini zamonaviy yuqori malakali kadrlar bilan kuchaytirish, muhandis-texnik va boshqaruv xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va muntazam ravishda malakasini oshirish.

Elektrotexnika sanoati sohasi O‘zbekiston infrastrukturasi sohalaridan biri hisoblanadi.  “O’zeltexsanot” AK O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksiga kiritilgan bo’lib, ish faoliyati Vazirlar Mahkamasi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.

 

Распечатать Просмотров: 2041 22 Июл 2016