Размер шрифта: A A A
Изображения Выключить Включить
Цвет сайта Ц Ц Ц
обычная версия сайта
Mobil versiya

«O'zeltexsanoat»

aksiyadorlik kompaniyasi

Natijalar tanqidiy tahlil qilindi


2016 yil 20 aprelda “O‘zeltexsanoat” aksiyadorlik kompaniyasida kompaniya faoliyatining 2016 yil birinchi choragidagi yakunlari va 2016 yil birinchi yarmiga belgilangan iqtisodiy parametrlarning so‘zsiz bajarilishini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan joriy yilning 15 yanvarida respublika Hukumati majlisida belgilab berilgan 2016 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim yo‘nalishlari va ustuvor vazifalarining “O‘zeltexsanoat” AK va uning tarkibiga kiruvchi korxonalar tomonidan amalga oshirilishi tanqidiy tahlil qilindi.

Majlisda qayd etilganidek, 2015-2019 yillarda iqtisodiyotni yanada isloh qilish, tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiyalash dasturining hayotga tatbiq etilishi natijasida shu yilning birinchi choragida “O‘zeltexsanoat” AK tizimida iqtisodiy ko‘rsatkichlarning ijobiy o‘sish sur’atlarini saqlash ta’minlandi. Hisobot davrida sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 227,3 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan 120 foiz o‘sishiga erishildi.

Hisobot davrida “O‘zeltexsanoat” AK korxonalari tomonidan 73,5 mlrd. so‘mlik xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarildi. Bu 103 foiz o‘sishga erishilganligini bildiradi. Jumladan, elektr changyutgichlar ishlab chiqarish 2,6 barobar o‘sdi, 22,4 ming dona kir yuvish mashinalari ishlab chiqarilgani holda 167,1 foizga o‘sishga erishildi.
Tarmoq bo‘yicha mahsulotlarni eksport qilish bo‘yicha belgilangan rejalar to‘liq bajarilishi ta’minlandi. Jami ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 33,7 foizi eksportga yo‘naltirildi. Kompaniya tizimida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi doirasida 40 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Mazkur loyihalar ijrosi bo‘yicha birinchi chorak yakunlariga ko‘ra ishlab chiqarish hajmi 74,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi yoki prognoz ko‘rsatkichlari 140,1 foizga bajarildi. Shuningdek, sanoat ishlab chiqarishini modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash yo‘nalishida kompaniya tizimida 17 ta investitsionloyiha amalga oshirilmoqda. Tarmoqda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar rentabelligining o‘sib borishi natijasida xududlarda, ayniqsa, qishloq joylarda qo‘shimcha yangi ish o‘rinlari yaratilishi ta’minlanmoqda.

Majlisda 2016 yil birinchi yarmiga belgilangan iqtisodiy parametrlarning so‘zsiz bajarilishini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tanqidiy ko‘rib chiqildi va kompaniya tarkibiga kiruvchi qator korxonalar rahbarlarining axborotlari eshitildi.

Muhokamalar davomida tarmoqda tarkibiy qayta o‘zgartirishlarni yanada chuqurlashtirish, sanoat ishlab chiqarishini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, shu jumladan, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlashni bosqichma-bosqich ko‘paytirish, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlari va turlarini kengaytirish, yangi tashqi bozorlarni aniqlash bo‘yicha ustuvor vazifalarning amalga oshirilishi va natijadorligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, mahsulot ishlab chiqarish va ularni eksport qilish borasida belgilangan rejalarni bajara olmayotgan va iqtisodiy qoloq korxonalar faoliyati jiddiy tanqid qilindi va bunday korxonalar faoliyatida mavjud imkoniyat va zaxiralardan unumli foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilindi.

Majlisda korxonalar eksport salohiyatini oshirish, investitsiya va xududiy dasturlarning ijrosini ta’minlash, “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat Dasturi va yangi ish o‘rinlari yaratish dasturi ijrosida faol ishtirok etish, tizimga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

Распечатать Просмотров: 681 12 Май 2016