Размер шрифта: A A A
Изображения Выключить Включить
Цвет сайта Ц Ц Ц
обычная версия сайта
Mobil versiya

«O'zeltexsanoat»

aksiyadorlik kompaniyasi

Matbuot anjumaniga marhamat!


2016 yilning 20 iyun kuni Milliy matbuot markazida “O‘zeltexsanoat” AK tomonidan elektrotexnika mahsulotlarini o‘zlashtirish bo‘yicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish va ichki bozorni zamonaviy, raqobatbardosh elektrotexnika mahsulotlari bilan to‘ldirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida” matbuot anjumani o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Tadbirda “O‘zeltexsanoat” AK va Kompaniya tarkibiga kiruvchi korxonalar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. Anjumanda elektrotexnika sanoatida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, erishilayotgan amaliy natijalar va tarmoqni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan axborot beriladi. Shuningdek, “O‘zeltexsanoat” AK korxonalari mahsulotlari namoyishi tashkil etiladi.

Matbuot anjumanida ishtirok etish istagida bo‘lgan ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bu haqda press@uzeltexsanoat.uz elektron pochtasi orqali 2016 yilning 17 iyunigacha xabar berishlarini so‘raymiz.

 

Распечатать Просмотров: 430 02 Авг 2016