Размер шрифта: A A A
Изображения Выключить Включить
Цвет сайта Ц Ц Ц
обычная версия сайта
Mobil versiya

«O'zeltexsanoat»

aksiyadorlik kompaniyasi

Korporativ boshqaruv tamoyillari joriy etilmoqda



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni mamlakatimizda zamonaviy korporativ boshqaruv tamoyillarining keng joriy etilishida muhim dasturilamal bo‘lmoqda. “O‘zeltexsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi va uning tarkibiga kiruvchi korxonalarda ham mazkur Farmonda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tizimli sa’y-harakatlar olib borilmoqda.

 

Kompaniya tizimida faoliyat yuritayotgan aksiyadorlik jamiyatlari rahbarlari korporativ boshqaruvning zamonaviy usul va tamoyillari, menejment va marketing, AKT hamda ishlab chiqarishni boshqarish tizimi bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazilgan. Attestatsiya yakunlari bo‘yicha bo‘shagan lavozimlarga yangicha fikrlaydigan, zamonaviy talablarga javob beradigan yuqori malakali rahbarlar, xorijiy menejerlarni jalb etish choralari ko‘rilmoqda.

Shuningdek, Kompaniya va Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi o‘rtasida korporativ boshqaruvning tashkiliy shakllari va zamonaviy uslublarini joriy qilishni metodik ta’minlash, shuningdek, xalqaro talab va standartlarga muvofiq ushbu sohada boshqaruv xodimlarini tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish yo‘nalishlarida hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan bo‘lib, turli o‘quv kurslari va seminar-treninglar tashkil etilmoqda. Bunday tadbirlarni tashkil etish orqali boshqaruv kadrlari va xodimlarning kasbiy malakalarini oshirish, ularda korporativ boshqaruv ko‘nikmalarini shakllantirish choralari ko‘rilmoqda. 2016 yilning 1-choragi davomida o‘tkazilgan o‘quv kurslari va malaka oshirish dasturlarida kompaniya va uning tarkibiga kiruvchi korxonalarda ishlaydigan 151 nafar xodim ishtirok etdi.

 

Olib borilayotgan chora-tadbirlar “O‘zeltexsanoat” AK tizimida korporativ boshqaruv shakllarini joriy etish, zamonaviy boshqaruv talablariga javob beradigan kadrlarni tayyorlash borasida amaliy natijalarga erishish uchun zamin yaratmoqda.

 

Распечатать Просмотров: 1303 10 Май 2016