Uyushma rahbariyati

O’zbekiston elektrotexnika sanoati korxonalari uyushmasi rahbariyati uyushma nomidan ish yuritadi va korxonalar faoliyatini muvofiqlashtiradi.

yunusov-2021

Yunusov Mirziyod Miraxmadovich

  • Lavozimi: “O’zeltexsanoat” uyushmasi raisi
  • Telefon: (+99871) 207-44-66
  • E-mail: info@uzeltexsanoat.uz
  • Qabul kunlari: Har oyning birinchi va uchinchi juma kunlari, soat 16:00-18:00

Ma’lumot to’ldirilmoqda…

Yunusov Mirziyod Miraxmadovich 1980-yilda Toshkent shahrida tug’ilgan. Millati – o’zbek.

Ma’lumoti – oliy. Toshkent kimyo-texnologiyalari instituti hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2000-yilda “O’zbekinvest” davlat eksport-import sug’urta kompaniyasi umumiy qaltisliklarni sug’urtalash departamenti mutaxassisi sifatida boshlagan. 2002-2012-yillarda “O’zstandart” agentligi Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi “Toshkent shahar sinov va sertifikatlashtirish” markazi sinov va sertifikatlashtirish bo’limi 1-toifali mutaxassisidan boshlab, korxona direktori o’rinbosari lavozimlarda ishlagan.

2012-2015-yillarda “White Machine Technology” MChJ qo’shma korxonasi direktori o’rinbosari, 2015-2018-yillarda “Smart Modern Systems” AJ xorijiy korxonasi direktori o’rinbosari sifatida faoliyat olib borgan.

2019-yil 5-iyuldan “O’zeltexsanoat” uyushmasi boshqaruv raisi sifatida ishlab kelmoqda.

Vakant

  • Lavozimi: “O’zeltexsanoat” uyushmasi raisi birinchi o’rinbosari
  • Telefon: (+99871) 207-44-66
  • E-mail: info@uzeltexsanoat.uz
  • Qabul kunlari: Dushanba va chorshanba kunlari, soat 16:00-18:00

Ma’lumot to’ldirilmoqda…

Djamalov-D-D

Djamalov Djahongir Djalilovich

  • Lavozimi: “O’zeltexsanoat” uyushmasi raisi o’rinbosari
  • Telefon: (+99871) 207-44-66
  • E-mail: d.djamalov@uzeltexsanoat.uz
  • Qabul kunlari: Chorshanba va juma kunlari, soat 16:00-18:00

Ma’lumot to’ldirilmoqda…

Djamalov Djahangir Djalilovich 1979-yilda Toshkent shahrida tug’ilgan. Millati – o’zbek.

Ma’lumoti – oliy. Toshkent moliya instituti hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2000-yilda V.P.Chkalov nomidagi “Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” Moliya bo’limining iqtisodchisi sifatida boshlagan. 2004-2009-yillarda V.P.Chkalov nomidagi “Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” Moliya bo’limi boshlig’i, Moliya-iqtisod boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari lavozimlarida ishlagan.

2009-2015-yillarda O’zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash davlat qo’mitasi Tashqi boshqaruv rejimidagi korxonalar faoliyatini nazorat qilish boshqarmasining bosh mutaxassisi, qo’mitaning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi boshlig’ining o’rinbosari, qo’mitaning Iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy-iqtisodiy ahvolini taxlil qilish bo’limi boshlig’i lavozimlarida ishlagan.

2015-2019-yillarda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Mashinasozlik, elektrotexnika va aviatsiya sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari” axborot-taxlil departamenti yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi lavozimlarida faoliyat olib borgan.

2019-yil 1-apreldan «O’zeltexsanoat» uyushmasi boshqaruv raisining o’rinbosari sifatida ishlab kelmoqda.

1204

Boev Abror Yusupovich

  • Lavozimi: “O’zeltexsanoat” uyushmasi raisi o’rinbosari
  • Telefon: (+99871) 207-44-66
  • E-mail: a.boev@uzeltexsanoat.uz
  • Qabul kunlari: Chorshanba va payshanba kunlari, soat 16:00-18:00

Ma’lumot to’ldirilmoqda…

Ma’lumot to’ldirilmoqda….